Otamning odatlari menga yoqmasa

Assalomu alaykum! Otam bilan ancha munosabatimiz yaxshi emas. Otam onamni to‘xtovsiz xamisha so‘kib yomon so‘zlar ishlatib yuradilar. Begona ayollar bilan xam munosabatlari borligini xam bilaman. Begona ayollarga xushmuomila lekin onam bilan xech qachon kulib gaplashmagan. Iltimos shu xolatda nima qilishim mumkinligini aytsangiz. Bu xolatdan siqilib ezilib ketdim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz otangizni ustidan oltin sochganingizda ham bir umr tinmay xizmatlarini qilganingizda ham tug‘dirib qo‘ygan haqqini ado qilolmaymiz. Siz otangizni haqqida tinmay duolar qiling. Sizni otangiz Ibrohim alayhissalomning otalari kabi buttarosh bo‘lmasa kerak. U zot o‘shandek otasiga ham hech qachon yomon gapirib yoki do‘q qilgan emaslar. Otangizni oxiratini o‘ylaguncha o‘zingizni oxiratingizni o‘ylang. Hidoyat Allohdan, Allohdan so‘rang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar