Nafl namozida (yig‘lash)

Fazilatli Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ijozat bersangiz sizga savol bilan murojat etsam. Hazrat bazida inson nafl namozini o‘qish chog‘ida o‘zini Alloh bilan yuzma yuz holda his etadi va bunday holatda beihtiyor ko‘zlar yoshga to‘lib yig‘lshga majbur bo‘lamiz , bir tanishim namozda yig‘lasa namoz buziladi deb aytdi.. Yig‘lash bilan namozimizni buzib qo‘ymaymizmi? Alloh sizu bizlarni o‘zi suygan bandalardan qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar oxirat uchun namoz ichida ovoz chiqarib yig‘lansa, namoz buzilmaydi. Buning dalili quyidagicha:Mutorrifdan, u otasidan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim. Ko‘ksilaridagi yig‘idan tegirmonning yoki qozonning ovoziga o‘xshash ovoz chiqib turar edi». Ikkovini «Sunan» egalari rivoyat qilishgan.Musiybat tufayli ovoz chiqarib yig‘lasa, namozi buziladi.

27 May 2022, 02:29 | Savol-javoblar | 137 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar