Hadid 10-oyat

Assalomu alaykum! Sizlarga nima bo‘ldiki, Allohning yo‘lida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru erning merosi Allohnikidir. Mol sarf qilishning o‘z yo‘li, vaqti va joyi bor. O‘rnini topib, oz sarf qilib, ko‘p savob olish mumkin, yoki aksincha.
Yuqoridagilarni “Tafsiri Hilol”dan o‘qiganman. Shunga(O‘rnini topib sarflash) biror misol keltira olasizlarmi, shu misoldan biz ham o‘rnini topib sarflaydiganlardan bo‘lsak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uylanishi farz bo‘lib, ulana olmayotganlar bor, davolanishi vojib darajasiga etib, mablag‘ topa olmayotganlar bor, ilm olishga harakat qilib, shartnoma pulini to‘lay olmayotganlar bor va hokazo. Shu o‘rinlarga sarf qilishda ham sadaqa, ham farzni ado qilishga ko‘mak, qolaversa bular sadaqai joriya darajasidagi ishlardir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 135 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar