O‘zbekchasini o‘qisa savob beriladimi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, An’om surasini boshidan oxirigacha o‘qisa farishtalar istig‘for aytishini bilaman. An’om surasini arab tilida o‘qiy olmaydigan odam, o‘zbekchasini o‘qisa xadisda aytilgan holatga erishsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Qur’onni ma’nosi bilan birgalikda arab tilida talaffuzi ham bo‘lishi kerak. Shunda tilovat qilingan hisoblanadi. Oyat va hadisda kelgan so‘zlarni kamitmay, ziyoda qilmay o‘rnini bosadigan boshqa so‘zga almashtirmay zikr qilish kerak. Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nega aynan o‘sha so‘zlarni tanlaganlarining hikmati bor. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir sahobiyga yotishdan oldin o‘qiladigan duoni o‘rgatib “Va binabiyyikallaziy arsalta” deb o‘rgatganlar. U sahobiy qayta Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o‘qib berayotganlarida “Va birosulikallaziy” deb o‘qigan. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Yo‘q unday emas, “binabiyyikallaziy” deb ayt” deganlar. vaholanki ularning ma’nosida farqi yo‘q edi. Ushbu hadisdan fuqaholarimiz oyatlarni o‘zgartirish, qo‘shimcha qilish, kamitish joiz bo‘lmagani kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan zikrlarni ham o‘zgartirish kamitish yoki o‘zimiz tomonimizdan unga biror qo‘shimcha qilish joiz emasdir deganlar. garchi ma’nosi bir xil bo‘lsa ham. Chunki hadis tilovat qilinmaydigan vahiydir. Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aytgan so‘zlari haqida quyidagicha marhamat qilgan: وَمَا يَنطِقُ عَنِ الْهَوَى 3. U havodan nutq qilmas. إِنْ هُوَ إِلَّا وَحْيٌ يُوحَى 4. U yuboriladigan vahiydan o‘zga narsa emas. (Najm surasi). عَنِ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا أَتَيْتَ مَضْجَعَكَ فَتَوَضَّأْ وُضُوءَكَ لِلصَّلَاةِ، ثُمَّ اضْطَجِعْ عَلَى شِقِّكَ الْأَيْمَنِ، ثُمَّ قُلِ اللَّهُمَّ أَسْلَمْتُ وَجْهِي إِلَيْكَ، وَفَوَّضْتُ أَمْرِي إِلَيْكَ، وَأَلْجَأْتُ ظَهْرِي إِلَيْكَ، رَغْبَةً وَرَهْبَةً إِلَيْكَ، لَا مَلْجَأَ وَلَا مَنْجَا مِنْكَ إِلَّا إِلَيْكَ، اللَّهُمَّ آمَنْتُ بِكِتَابِكَ الَّذِي أَنْزَلْتَ، وَبِنَبِيِّكَ الَّذِي أَرْسَلْتَ. فَإِنْ مُتَّ مِنْ لَيْلَتِكَ فَأَنْتَ عَلَى الْفِطْرَةِ، وَاجْعَلْهُنَّ آخِرَ مَا تَتَكَلَّمُ بِهِ». قَالَ: فَرَدَّدْتُهَا عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَمَّا بَلَغْتُ «اللَّهُمَّ آمَنْتُ بِكِتَابِكَ الَّذِي أَنْزَلْتَ قُلْتُ: وَرَسُولِكَ. قَالَ: «لَا، وَنَبِيِّكَ الَّذِي أَرْسَلْتَ Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon yotog‘ingga kelsang, namozga qiladigan tahoratingni qil. So‘ngra o‘ng yoning bilan yot. Keyin: «Allohumma, aslamtu vajhi ilayka, va favvaztu amri ilayka, va alja’tu zohri ilayka, rog‘batan va rohbatan ilayka, laa malja’a va laa manja minka illa ilayka! Allohumma, amantu bikitabikallazii anzalta, va binabiyyikallazii arsalta!» degin. Agar mana shu kechangda vafot etadigan bo‘lsang, fitratda* ketasan. Bularni oxirgi so‘zing qilgin», dedilar. Men ularni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga qaytarib o‘qib berdim. «Allohim! Nozil qilgan Kitobingga...» degan joyiga kelganda, «Rasulingga», dedim. U zot: «Yo‘q, «…va yuborgan Nabiyingga», dedilar». Izoh: Duoning ma’nosi quyidagicha: «Allohim, Sendan umid qilgan va qo‘rqqan holda vujudimni Senga taslim qildim, ishimni Senga topshirdim, Senga suyandim. Sendan qochishga va najot topishga huzuringdan boshqa joy yo‘q. Allohim, nozil qilgan Kitobingga va yuborgan Nabiyingga iymon keltirdim». • Fitrat – sof insoniy tabiat, ya’ni islomiy tabiat. (“Oltin Silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy) Shuning uchun u zot duo qilgan o‘rinlardagi duolarga o‘zimiz tomonimizdan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritmasdan duo qilaylik. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 06:08 | Savol-javoblar | 170 | Hadislar