Namozni vaqti kirmasdan o‘qish

Assalomu alaykum! Domla men har kuni 5:30da ishga chiqib ketaman, lekin bomdod vaqti hali kirmagan bo‘lsa ham men uni vaqtidan avval o‘qib olaman. Soat 6:00da ishim boshlanadi, bomdod vaqti esa 6:30da meni vaqtidan avval o‘qishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Hozirgi kunda toshkenda quyosh 7:42da chiqmoqda. O‘shangacha ikki rak’at farzini o‘zini bo‘lsa ham o‘qishga albatta vaqt bo‘ladi.Avvalgi vaqti kirmasdan avval o‘qib olganlaringizni qazosini qaytadan o‘qib oling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:43 | Savol-javoblar | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar