Ishlarim yurmaydi, maslaxat bering
Assalomu alaykum! Meni yoshim 21 da iltimos menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating. Men qanday ishga qo‘l ursam xam xech o‘xshamayapdi. Avvaliga chet elga o‘qishga topshirdim, pandemiya boshlanishiga to‘g‘ri kelib qoldi, viza chiqmadi. Keyin O‘zbekistonga o‘qishga topshirdim va kirolmadim. O‘qishga kirishni so‘rab juma namozlarida, kechasi nafl namozlarida so‘rardim. O‘tgan 3 yilda meni eng qiynagan narsa ishsizlik muommosi bo‘ldi. Qancha xarakat qildim so‘rab surishtirdim, internet orqali, xozir xam xar kuni ish qidiraman. Shuncha ishlardan keyin yaqinlarimning xam gaplari og‘ir botadigan bo‘lib qoldi, xattoki onam meni yomonlayotganlarini ko‘p bor eshtib qoldim va shunchalik yomon insonmanmi deb o‘ylab qolaman. Bazida kechasi yig‘lab chiqaman. Xozir qandaydir jizzaki bo‘lib qoganman jaxlim tez chiqadigan bo‘lib qolgan. Onam bilan xam ko‘p janjal qiladigan bo‘lib qoldim. Xamma yaqinlarim va onam xam meni yomon inson deb bilishadi. Ota-Ona bilan tortishish gunox lekin shu kabi gunoxlarni qilgandan keyin ichimdan qiynalyabman. Bazida onam meni do‘zoxi deb so‘kadilar. Xozir menga xech narsani qizig‘i qolmagandek go‘yo, bunday yashashdan charchadim. Juma namozlarida "O‘zing to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat" "O‘zing menga insof bargin yo Alloh" deb duo qilaman. Balki bular sinovdir, balki gunoxlarim uchundir deb o‘ylab qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shanba kuni bamdodni vaqti kirmasidan avval turing. 4 rak’at namoz o‘qing. Namozdan avval 100 bor salovat ayting. Keyin namozni boshlab, 1-rak’atda Fotiha surasidan keyin “Laa ilaa illaa anta subhaanaka innnii kuntu minazzolimiyn”ni 100 bor o‘qing. Keyin ruku’-sajda qilib, 2-rak’atda Fotihadan keyin 100 bor “Robbi annii massaniyaddurru va anta arhamurrohimiyin”ni 100 bor o‘ing. 3-rak’atda Fotihadan keyin “Va ufavvidu amrii ilallooh, innallooha basiirum bil ’ibaad”ni 100ta o‘qing. 4-rak’atda Fotihadan keyin “Hasbiyallohu va ne’mal vakiil”ni 100 bor o‘qing. Salom bergach “Robbi annii mag‘luubun fantasir”ni 100 bor o‘qing. So‘ng 100 bor salovat o‘qib hojatingizni so‘rang. Bitta shart, Alloh berishiga shak qilmang, “xohlasang ber” ham demang. Kechasida ya’ni tahajjud vaqtida o‘qisangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 179 | Ruhiy tarbiya