Mazhabni o‘zgartirish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, qizlarim Amerikada islomiy maktabga borishadi. Qizim maktabda peshin namozidan oldin va keyin 4 rakaatdan sunnat o‘qiyman dedi. Men esa "yo‘q, bu faqat juma kuni, juma namozidan oldin va keyin 4 rakaatdan o‘qiysan, qolgan kunlari 4 va 2 rakaatdan sunnat" dedim. To‘g‘ri aytdimmi yoki 4 rakaatlik sunnatlar boshqa mazhabda ham bormi? 2). Shu islomiy maktab hanafiy mazhabi emas, Ahli Sunna val jamoa faqat boshqa mazhab. Asrni birinchi vaqti kirganda o‘qishadi. Bo‘yinga mash tortish yo‘q va dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish ham mumkin. Aziz ustozlar, qizlarim boshqa mazhabda bo‘lishsa zarari yo‘qmi? Agar qizlarimga hanafiy mazhabini aytib, o‘rgatsam do‘stlari va atrofidagilari bilan ixtilofga borib, ulardan ajralib qolishini istamayman. Bu erda masjidlarda va islomiy markazlarda hammasi bir xil yuqorida aytganlarimdek. Aqiydasini har doim tekshirib turaman, faqat mazhabi boshqa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Boshqa mazhabda bor. 2). Umrining oxirigacha o‘sha mazhabni tanlashsa hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar