Juma kunidagi duo
men yaqinda bir ilmli opadan bir gap eshitib qoldim. Juma kuni asrdan shomgacha bo‘lgan vaqtda duolar ijobat bo‘lar ekan, shu rostmi? Bunga hujjat bo‘la oladigan hadis bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bor. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma kunini zikr qildilar va:
«Unda bir soat bor, qaysi bir musulmon banda o‘sha soatda turib namoz o‘qib, Allohdan biror narsa so‘ragan holida to‘g‘ri kelsa, albatta, U zot unga o‘shani bergay», dedilar va qo‘llari bilan o‘sha(soat)ning ozligini ko‘rsatdilar».
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Juma kunining afzalliklaridan biri unda duo qabul bo‘ladigan soat borligidir. Ushbu soat va uning miqdori haqida ham turli mulohazalar bor.
Ba’zilar bu soat oltmish daqiqa vaqtni o‘z ichiga olgan tabiiy soatdir, deydilar.
Boshqalar esa ularga xilof ravishda, bu soatdan murod ozroq vaqtdir, deydilar.
Ikkinchi fikrga ushbu hadis dalildir. Chunki unda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u soatga ishorat qilib, bosh barmoqlari bilan ko‘rsatkich barmoqlarining uchlarini bir-biriga juda yaqinlashtirib, bundoq, deb ozligiga ishorat qilganlar.
Ana o‘sha soatda qaysi bir musulmon namoz o‘qib, duo qilib turgan bo‘lsa, Alloh taolo, albatta, o‘sha bandaning so‘ragan narsasini beradi. Shuning uchun juma kuni doimo ibodat va duo bilan mashg‘ul bo‘lmoq kerak.
27 Aprel 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar