Xirurg operatsiya vaqtida namozni kechiktirsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Xirurg operatsiya qivotganda(ya’niy odamni o‘limdan qutqarvotkanda) namozni qoldirish joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz muhim amal. Oxiratda so‘raladigan eng birinchi amal ham farz namozlari bo‘ladi. Operatsiyalarni belgilashda namoz vaqtlariga qarash kerak. Hech bo‘lmaganda farzini o‘zini bo‘lsa ham o‘qishga harakat qilish kerak. Qoldirish degan narsa dinimizda yo‘q. Namozning oxirgi vaqtigacha ozroq kechiktirish mumkin. Namozga chiqsa odamning joniga talofat etadigan holat bo‘lsa jonni saqlab qolish muqaddam qo‘yiladi. Namozni qazosi o‘qiladi. Fiqhiy kitoblarimizda namoz o‘qiyotgan kishi yonidan ko‘zi ojiz kishi quduq yoki shunga o‘xshash chuqurga tushib ketish xavfi bo‘lsa namoz o‘qiyotgan namozini buzib uni saqlab qolish vojib deyilgan. Shuningdek doyalik qilayotgan ayol tezroq bolani tortib olmasa halok bo‘lishi yoki biror a’zosiga talofat etishi xavfi bo‘lsa doya ayol namozini buzadi, vaqtidan kechiktiradi deyilgan. (Maroqil falah. Sharhi nuril iyzoh).Qolgani doktor Allohning huzurida nima deb javob berishiga bog‘liq. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 157 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar