Sun’iy homila
Hurmatli shayx Hazratlari, 5-6 yil qonuniy va shar’iy nikohda bo‘lgan er va xotin farzandli bo‘lmayapti. Er va xotin shifokorlarga ko‘rinsa sog‘liklari yaxshiligini aytdi. Er va xotin ajrashish niyatlari ham yo‘q, lekin farzand ko‘rish maqsadida chet elga borib zamonaviy usul (texnologiyadan) foydalanmoqchi. Bunda erkak va ayolni urug‘larini olib, zamonaviy texnologiya yordamida urchitar ekan. Otilangan urug‘ni ayolninig bachadoniga joylashtirar ekan. Bu amaliyotning hukmi qanday? Javob uchun avvaldan rahmat. Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Iltimos bizni ham duo qilib qo‘ying.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Erning urug‘ligini olib, uning xotini bachadoniga qo‘yib, urchitish shariat bo‘yicha joizdir. Er-xotin ikkovlaridan urug‘liklarini olib, naychada urchitib, so‘ngra xotinning bachadoniga solib qo‘yish ham shariat bo‘yicha joizdir. Boshqa uslub bilan bo‘ladigan sun’iy urchitishning turlari mumkin emas. Shu bilan birga, sun’iy urchitishni amalga oshirish jarayonida Islom shariati qoidalariga amal qilish lozim. Davolanayotgan ayolga iloji boricha muslima tabiba qarasin. Rais: Abdulloh ibn Humayd (kasalligi sababli yo‘q). Rais o‘rinbosari: Muhammad Aliy Harkon. A’zolar: 1. Abdulaziz ibn Boz, 2. Muhammad ibn Solim ibn Abdulvadud, 3. Mustafo Zarqo, 4. Muhammad Rashidiy, 5. Muhammad ibn Abdulloh Sabiyl, 6. Husayn Maxluf (imzo qo‘ymagan), 7. Muhammad Rashid Qabboniy, 8. Solih bin Usaymin, 9. Abdulmuhsin Abbod, 10. Livoh Mahmud Shiys Xattob (qatnashmadi), 11. Muhammad Shoziliy Nayfar, 12. Mahmud Savvof, 13. Abdulquddus Hoshimiy (qatnashmaslik uzrini aytdi), 14. Mabruk Avvodiy (qatnashmadi), 15. Abulhasan Nadaviy (qatnasha olmaslik uzrini aytdi). Mulohaza: Ushbu masala borgan sari ko‘proq so‘ralib borayotgan masalalardan. Turli sabablarga ko‘ra kishilar ichida sun’iy urchitishga ishi tushadiganlar ko‘payib bormoqdalar. Ular diniy ishonchlari va mas’uliyatlaridan kelib chiqib gunohkor bo‘lib qolmasliklari uchun bu ishdan shar’iy hukmni bilishga urinadilar. Ushbu qaror esa, o‘sha talabni qondirish uchun, kishilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf https://fiqh. uz/dolzarb-mavzular/fiqh-akademiya/fiqh-akademiya-qarorlari/227-fiqh-akademiya-qarorlari. html
27 Aprel 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 136 | Tabobat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sun’iy urchitish va erkak va ayolning urug‘lari probirkada urchitilib, keyin ayolning bachadoniga joylashtirish
Oilali bo‘la turib, homilador bo‘lmayotgan ayol va uning erining bolaga bo‘lgan ehtiyoji shar’iy g‘araz deb e’tibor qilinadi. Ular bu ma’noda o‘zlarini davolatishlari mubohdir. Jumladan, sun’iy urchitish yo‘li bilan ham.Erning urug‘ligini olib, uning xotini bachadoniga qo‘yib, urchitish shariat bo‘yicha joizdir. Er-xotin ikkovlaridan urug‘liklarini olib, naychada urchitib, so‘ngra xotinning bachadoniga solib qo‘yish ham shariat bo‘yicha joizdir. Boshqa uslub bilan bo‘ladigan sun’iy urchitishning turlari mumkin emas. Shu bilan birga, sun’iy urchitishni amalga oshirish jarayonida Islom shariati qoidalariga amal qilish lozim. Davolanayotgan ayolga iloji boricha muslima tabiba qarasin. Rais: Abdulloh ibn Humayd (kasalligi sababli yo‘q). Rais o‘rinbosari: Muhammad Aliy Harkon. A’zolar: 1. Abdulaziz ibn Boz, 2. Muhammad ibn Solim ibn Abdulvadud, 3. Mustafo Zarqo, 4. Muhammad Rashidiy, 5. Muhammad ibn Abdulloh Sabiyl, 6. Husayn Maxluf (imzo qo‘ymagan), 7. Muhammad Rashid Qabboniy, 8. Solih bin Usaymin, 9. Abdulmuhsin Abbod, 10. Livoh Mahmud Shiys Xattob (qatnashmadi), 11. Muhammad Shoziliy Nayfar, 12. Mahmud Savvof, 13. Abdulquddus Hoshimiy (qatnashmaslik uzrini aytdi), 14. Mabruk Avvodiy (qatnashmadi), 15. Abulhasan Nadaviy (qatnasha olmaslik uzrini aytdi). Mulohaza: Ushbu masala borgan sari ko‘proq so‘ralib borayotgan masalalardan. Turli sabablarga ko‘ra kishilar ichida sun’iy urchitishga ishi tushadiganlar ko‘payib bormoqdalar. Ular diniy ishonchlari va mas’uliyatlaridan kelib chiqib gunohkor bo‘lib qolmasliklari uchun bu ishdan shar’iy hukmni bilishga urinadilar. Ushbu qaror esa, o‘sha talabni qondirish uchun, kishilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf https://fiqh. uz/dolzarb-mavzular/fiqh-akademiya/fiqh-akademiya-qarorlari/227-fiqh-akademiya-qarorlari. html
27 Aprel 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 136 | Tabobat