Xulu xaqida

Assalomu alaykum! Xuluga oid savol-javoblarni ukib chikdim, umumiy tushunchaga xam ega bo‘ldim. Lekin, savolim shundan iboratki: Men 13 yillik turmushim va 3 nafar farzandim bilan turmush o‘rtog‘imdan turli sabablar tufayli qattiq ko‘nglim qolgani uchun ajrashmoqchiman. 4 oydan beri ota-onamnikidaman, u ajrashsang o‘zing sudga ber, xullas nima qilsang qil, meni xam senda ko‘nglim yo‘q deyapti. Lekin javobimni bermayapti. Xulu kilish uchun diniy majlisda xar ikki taraf qatnashishi aytilyapti, u kelishni istamasa, bosh tortib turib olsa nima qilay, bunday xolada qanday yo‘l tutsam bo‘ladi. Uni ishtirokisiz, biron bir vakil qilib masalan(tog‘asinimi) ishtiroki bilan xam amalga oshirsa bo‘ladimi? Uni kelishdan bosh tortishi, qaynotam va o‘zi xam katta amalda ishlaydi, o‘ziga loyiq topmaydi kelishni. Lekin nima qilsang qil, meni sen bilan ishim yo‘q degan xolatda, javobimni xam bermayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima qilib bo‘lsa ham talog‘ingizni olishingiz kerak, lekin tog‘a yoki boshqasini gapi o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 228 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar