Taloq qo‘yishda guvoh shartmi

Assalomu alaykum! Men ayolim bilan gap talashib jaxl ustida talog‘ingni berdim deb aytib yubordim. Lekin eshitishimcha er talok berayotgan paytda bir kishi guvox bo‘lishi kerak ekan. Lekin meni yonimda xech kim yo‘q edi. Men telefon orqali ayolimga talog‘ingni berdim dedim. So‘ng bir sherigimga bo‘lgan voqeani aytgan edim, u aytdiki bir taloqni qaytarsa bo‘ladi deb Gaybullox domla maruzalaridan video lavxani ko‘rsatdi. Bu videolavxada domla bir taloqni qaytarsa bo‘ladi deb aytibdi. Xech qanaqa imom yoki domla shart emas ekan. Er xotinning o‘zaro suxbati nikox o‘rniga o‘tib ketarkan. Shundan so‘ng ayolimga telefon qilib bo‘lgan voqeani aytib yarashib oldik. Xozirda birga yashamoqdamiz. Shu masalada yordamingiz kerak. Birga yashasak shariatizga to‘g‘ri keladimi yoki qayta nikox o‘qitish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni erning og‘zidan chiqishi kifoya. Hatto xotini eshitmasa ham taloq tushadi. Guvoh degan narsa mutlaqo yolg‘on gap. Taloq ikki qismga bo‘linadi. Raj’iy va boin. Raj’iy taloqda ham uch imkoniyatdan bittasi qo‘ldan chiqadi. Bunda nikoh o‘qitish shart bo‘lmaydi. er xotinlik rishtalari bog‘lansa nikoh ham bog‘lanadi. Ammo yuqorida aytganimizdek uchta imkoniyatdan bittasi ketadi. Bu erda muhim jihat, er tushgan taloq raj’iymi yoki boinmi aniqlatib olishi kerak bo‘ladi. O‘zicha raj’iy bo‘lsa kerak deb yashab ketmaslik kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 192 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar