Omonat pul etkazish

Assalomu alaykum! Bundan etti yil avval xitoylik savdogardan sotib berishga, ya’ni nasiyaga mol olganman. Molni pulini bo‘shatib, berib yurardim. O‘sha kunlari bir oz tobim bo‘lmay qoldi, lekin pul qo‘limda, pulni etkazish esa muammo edi. Shunda o‘rtog‘im men pul berishim bo‘lgan xitoylikni oldiga ketmoqda ekan. Undan shu pulni etkazishini iltimos qildim. Pulni olib ertasiga “pulingizni yo‘qotib qo‘ydim”, dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday holatda siz xitoyga to‘lashingiz shart. Agar to‘lamasangiz qiyomatda albatta qarzingizni savobdan to‘lashga majbur bo‘lasiz. O‘rtog‘ingizni muammosi o‘zingizga ma’lum. U rost gapirayaptimi yoki yolg‘onmi, yoki beparvolik qilganmi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar