Nikoxga olish

Assalomu alaykum! Akasi qazo qilgandan so‘ng, akasining ayoli yani kelinoyisini iddasi chiqqandan so‘ng, qaynisiga nomaxram xisoblanar ekan, ya’ni begona bo‘lib qolar ekan. Shuning uchun ayol erining uyidan ketishi yoki qaynisiga turmushga chiqishi kerak, boshqa yo‘li yo‘q deyishipti. U ayol esa “mani voyaga etkan o‘g‘lim bor, begona nomaxram xisoblanmiman turmushga chiqishni xoxlamiman, xozircha bor mexrimni farzandlarimga berib, to‘ylarini o‘tkizganimdan so‘ng o‘ylab ko‘rishim mumkin” demoqda. Ukasi akasi qazo qilganidan so‘ng jiyanlarini o‘z qaramog‘iga oldi. Akasining uyiga jiyanlaridan va ota onasidan xabar olib turish uchun borishi kerak. Lekin kennayisini iddasi chiqqani uchun nomaxram bor uyga borib turishdan xijolat bo‘voti, shuning uchun iltimos shu masalaga izox bersangiz. Rostdan xam kelinoyisi qaynisiga nikoxlanishi shartmi yoki bollarini tashlab ota uyiga qaytib ketishi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota uyiga qaytishi shart emas. Alohida yashashsa bo‘ldi. Siz yozganingizcha erining ukasi bilan bir hovlida yashashmas ekan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 136 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar