Mayitni yuvish odoblari
Assalomu alaykum ustoz. Uzr bu savolni berishdan oldin saytimizdan qidirib ko‘rdim ammo topolmadim. Bu holatni har bir musulmon kishi o‘zi bilishi sunnat deb eshitgandim. Internet tarmog‘laridan qidirib o‘qib chiqdim . 1-savolim ;Ba’zilarida mayitning soch soqollari olinmaydi,tirnoqlari va tuklari ham olinmaydi deyilgan. Ba’zilarida olinadi deyilgan.Qay biri to‘g‘ri? 2-savolim. Qo‘shnilarimiz chiqib aytishdi,sizlarni uylarizda ham keksa odam bor.O‘lim haq.Buni bilib qo‘yishlariz kerak. Mayitni g‘assol kelishdan oldin o‘zlariz mayitni o‘sgan tuklarini va tirnoqlarini olib qo‘yishlariz kerak.Uyog‘ buyog‘ini tozalab artib qo‘yish kerak. G‘assol kelganda uyalib qolasizlar deyishdi.Biz onam o‘lganlarida artib tozalab,keyin habar bergandik. G‘assol kelib bizdan so‘ragan maxram suviga olganmisizlar deb ,biz ha oldik deganimizda ha yaxshi qilibsizlar degan. 3-savolim.Mahram suviga olish o‘zi nima degani? Bizni tilda taxorat va g‘usul qildirishmi yoki yana biror amalmi? O‘zi shunaqa amal bormi? Qo‘shnimiz Bizga, agar sizlarda ham o‘lim yuz bersa bilib qo‘yizlar deb aytayabdi dedilar. Shu amallarni oldindan qilish mumkinmi yoki bidat amallarmi? To‘g‘risi shu kungacha bu narsalar haqida o‘ylashga qo‘rqardim. Ammo o‘lim haq.Biz Ollohnikimiz va unga qaytajakmiz. Bu haqida bilib qo‘yish meni farzandlik burchim deb o‘yladim.Onam ham bugun menga, bolam men o‘lsam,o‘zing meni yuvishga kirgin,faqat qo‘rqma deganlaridan keyin sizlarga shu savollarni berishga jazm qildim. uzr so‘rayman ilmim ozligi uchun. Iloji bo‘lsa Mayitni yuvish odobi va qoidalari haqida to‘liqroq ma’lumotlar bering. Bizdan boshqalar ham bidaatlarga berilmasdan to‘g‘ri va to‘liq ado etsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Olinmaydi. 3). O‘layotgan ichidan turli xil narsalar chiqadi shuni tozalab qo‘yganmisizlar degani. Tuklarni olishni 40 kundank echiktirish kerak emas. tuklarni olish uun avratga qarashga ham hojat yo‘q. O‘ziga bersez tozalab oladi.Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Olinmaydi. 3). O‘layotgan ichidan turli xil narsalar chiqadi shuni tozalab qo‘yganmisizlar degani. Tuklarni olishni 40 kundank echiktirish kerak emas. tuklarni olish uun avratga qarashga ham hojat yo‘q. O‘ziga bersez tozalab oladi.Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush