Mushuk va itning oyog‘i tekkan ko‘ylakda namoz o‘qish
Assalomu alaykum! 1). Uyimizda it va mushuk bor, ular ba’zida ovqat so‘rab yoki erkalanib oyoqlari bilan teginib qo‘yishadi. Men o‘sha ko‘ylakda namoz o‘qisam nuqsonli bo‘lib qolmaydimi. Ba’zida mushukni qo‘l bilan ushlashga to‘g‘ri keladi. Shunda qo‘limni yuvib namoz o‘qiyversam bo‘ladimi? 2)Namozda 2-rakatida Attaxiyat duosini o‘qimasdan turib ketyabman yoki Xufton namozida Qunut duosini aytmasdan o‘tirib olyabman. Shunda sajdai sahf qilsam bo‘ladimi yoki boshidan o‘qiymi? 3). Agar sajdai sahf qiladigan bo‘lsam ohirgi rakatda Attaxiyatdan keyin yana sajda ketib yana boshidan Attaxiyat boshlab ketsam to‘g‘ri qilgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). It tekkan joyi nam bo‘lsa, undagi najas kiyimingizga o‘tadi va uni benamoz qiladi, quruq bo‘lsa o‘tmaydi. Mushuk esa bunday emas.2). Agar adashib shunday qilgan bo‘lsangiz, sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi.3). Ha, shunday qilasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 10:00 | Savol-javoblar | 197 | Namoz