Namoz kiyim

Assalomu alaykum! Yomon suv sachragan kiyimdami najosat tekkan kiyimdami yoki tozaliga ishonchi komil bo‘lmagan kiyimdami? Xullas qanday kiyimda namoz o‘qib bo‘lmaydi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Undan (og‘ir najosatdan) dirham miqdori afv qilinadi. U quyuq najosatda bir misqol, suyuqda kaft miqdorichadir.
Ushbu miqdorgacha bo‘lgan og‘ir najosat tekkan kiyim ila namoz o‘qisa joiz. Undan ortganda o‘qib bo‘lmaydi. Oz miqdordagi najosatdan saqlanish qiyin bo‘lganidan bunga ruxsat berilgan. Dirhamning og‘irligi 2,975 gramm.
Ignaning uchiga o‘xshab sachragan peshob hech narsa emas.
Bundan saqlanish mushkuldir. Ammo peshob shu shaklda oqmaydigan suvga tushsa, u suv najas hisoblanadi.
Qassobga tekkan qon ham afv qilinadi. Shuningdek, najosatga tekkan pashshaning asari ham, eshak va sigirning tezagi ham.
Ko‘chada sachraydigan loy ham, agar najosat aniq bo‘lmasa, afv qilinadi.
Najasning ustiga tushgan suv najasdir. Aksincha bo‘lsa ham shu kabi.
Ya’ni suvning ustiga najas tushsa, suv ham najasga aylanadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 172 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar