Töy marosimi
Assalomu alaykum va Rohmatullohi va barokatuh ustoz kamina Muborakda oltingugurt zavodida ishlayman sizga beradigan savollarim: Özb Res qonuni va ish joyimdagi ichki tartib böyicha namoz öqish imkoniyati yöq namozni qazo qilsam böladimi? Kaminani orzusi madrasada öqigan, islobiy bilim va tarbiyaga ega qizga uylanish, islomiy töy qilish, islomiy oila qurish edi ammo bularga ota-onam va qarindoshlarim qarshi bahona davlat siyosati!Ularning aytishlaricha töyda kelin oq fotoda davraning törida, erkaklar va ayollar bir davrada ötiradi bunisi ham etmagandek ashula va raqs ham bölar emish. Nima qilay? Dadam hojilar diniy bilimga egalar ammo... shayton yöldan urgan körinadi. Ammo sizga ixloslari balandKamina Qashqadaryo vil., Kasbi tum., Maymanoq qishlog‘ida yashaydi tashrif buyursangiz boshim kökka etardi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qonunda ish joyida namoz o‘qish taqiqlangan bo‘lsa, imkon topib, boshqa joyda o‘qib olish kerak bo‘ladi. Ammo qazo qilishga ruxsat yo‘q. Juda bo‘lmasa, ishora bilan bo‘lsa ham, o‘qib olish kerak. To‘yda ular aytayotgan narsalarni qilish qonunda yo‘q. Boshqalar bu ishlarni qilmay to‘y qilmoqdalar. Bu gaplarni siz aytgandek, shaytonning gapiga kirib sizlarning yaqinlaringiz o‘zlari to‘qib olishgan. Men o‘zim televizorda “fata” kiyishni qoralab gapirayotgan erkak va ayol mutxassislarni ko‘rdim.
27 Aprel 2022, 18:03 | Savol-javoblar | 158 | Bola tarbiyasi