Ro‘mol o‘rash haqida

Assalomu alaykum Ustoz... Allohim ilmingizni bundanda ziyoda va umringizni barokatlik qilsin. Ustoz sizga quyidagi savol bilan murojaat etishga ruxsat etgaysiz. Oilamizda iloji boricha islomiy muhitni yaratishga harakat qilmoqdamiz. Lekin bu narsa doim ham biz o‘ylaydigandek bo‘lavermas ekan. Onam namoz o‘qiydiyu, lekin iymon masalasi juda sust. Singlimizni iloji boricha islomiy keyintirishga harakat qilamiz, bunga onam qattiq qarshilik qiladi. Bahona bir dekanlari hijob o‘rashni taqiqlagan, singlingni ro‘yxatga tushirib qo‘ymoqchimisizlar deb. Biz shunday qiyin ahvolda Alloh taolo buyruqlarini bajarish bilan katta ajrlar bilan ajrlanadi deb tushuntirishga harakat qilamiz. Hech bo‘lmasa ro‘mol o‘rasin bo‘lmasa deymiz. Lekin bunga ham qarshilik qilyaptilar. Ustoz o‘zim hozirda chetda bo‘lganim uchun yurtimizdagi holatdan bexabarman. Haqiqatda oliy o‘quv yurtlarida hijobli yoki ro‘molli singillarimizga nisbatan shunday holatlar bo‘lyaptimi haliyam? Ustoz onamni g‘oyibdan bir duo qilib qo‘ying iltimos. Allohim iymonini ziyoda qilib, bandadan emas, Allohdan qo‘rqishni qalblariga solsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz so‘ragan holatlar mavjud. Alloh onangizga insof va tavfiq bersin.

30 Aprel 2022, 12:44 | Savol-javoblar | 150 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar