Aldovli nikox
Assalomu alaykum! Yaqinda turmushga chiqdim. 7oy bo‘ldi. Ziyoli oilaning farzandiman. Allohga shukur ota-onamni xam diniy, xam dunyoviy ilmlari bor. Farzanlariga xam iloji boricha ikkala bilimlarni berishga xarakat qilishgan. Shu vaqtgacha o‘tgan umrim va vaqtimni faqatgina ilm olishga sarfladim. 22 yosh bo‘lishimga qaramasdan qo‘limda 2ta kasbim bor, doim a’lo baxolarga o‘qib, turli xil tanlovlar g‘olibi bo‘ldim. Shu vaqtgacha birovni sevmadim, yigitlar bilan yurmadim, Allohdan qo‘rqdim. Oila qurayotib xam tanlovni ota-onamga ishondim, o‘zim bilmagan, tanimagan insonimga turmushga chiqdim. Lekin turmush qurgan insonim men o‘ylagan inson bo‘lib chiqmadi. Nikoximizni juda ko‘p yolg‘onlar bilan boshlabdi. Ichmayman, chekmayman degan inson xam chekar, xam ichar, og‘zidan yomon so‘zlar juda ko‘p chiqar ekan. Buni xazm qilishga xarakat qildim, lekin faqatgina bu emas to‘ydan oldin va to‘ydan keyin xam bir qiz bilan yurganini, zino qilganini bilib qoldim. Uydagilari o‘g‘lini ko‘cha qizlar bilan yurishi bilib turib o‘g‘limni o‘zgartirar degan maqsadda o‘qigan tarbiyali, yaxshi oilani qizini izlashib, aldab olishibdi. Oxirgi 2oydan beri o‘g‘limiz yurmay qo‘ydi deya iddao qilishyapti uyidagilar. To‘g‘ri ikki oy sal yaxshi tomonlarga o‘zgarganini o‘zim xam sezdim, lekin dilim juda og‘ridi. Bunday vaziyatda men nima kilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umid bo‘lsa siz tufayli bir inson botqoqdan chiqsin. Tayyori bilan yashash hammani ham qo‘lidan keladi. Siz ham duo ham ilm, hikmat orqali o‘nglanishiga harakat qiling. Bo‘lmasa ajrashish qochmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:05 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umid bo‘lsa siz tufayli bir inson botqoqdan chiqsin. Tayyori bilan yashash hammani ham qo‘lidan keladi. Siz ham duo ham ilm, hikmat orqali o‘nglanishiga harakat qiling. Bo‘lmasa ajrashish qochmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:05 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush