Ketishdan oldin xomila bo‘lgan

Assalomu alaykum! Men ayolimga bir yil oldin sms orqali uch taloq berdim va mana bir yildan beri yashamaymiz, lekin orada bola tug‘ilib qoldi. U ketishdan oldin xomila ushlagan ekan. Endi nima qilishni bilmay qiynalib yurubman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq tushgan, boshqa erga tegib chiqmaguncha birga yashashga yo‘l yo‘q. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi:   فَإِن طَلَّقَهَا فَلاَ تَحِلُّ لَهُ مِن بَعْدُ حَتَّىَ تَنكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُ فَإِن طَلَّقَهَا فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَن يَتَرَاجَعَا إِن ظَنَّا أَن يُقِيمَا حُدُودَ اللّهِ وَتِلْكَ حُدُودُ اللّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ۝ 230. So‘ng agar taloq qilsa, bundan keyin u ayol toki boshqa erga tegmagunicha unga halol bo‘l¬mas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, ularga gunoh yo‘q. Ana shular Allohning chegaralari bo‘lib, ularni biladigan qavmlarga bayon qilur. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:06 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar