1000 taloqsan dedim

Assalomu alaykum! Men rassiyada ishlayman, xotinim bilan qizim o‘zbekistonda. Mani ota-onam bilan yashaydi, 2kun oldin tortishib qoldik. Murojat qilishimdan maqsad tortishuvda judayam jaxlim chiqib 1000 taloqsan deb yubordim va 2-3 marta shu so‘zni qaytardim o‘zimni qo‘lga ololmay qolgandim. Asabimni jilovlay olmadim, bundan ancha oldin xam janjalimizda faqat bir marta aytgandim. Unda qaytib olib birga yashagandim endi yana oilamni qaytarsam bo‘ladimi? Yordam beringlar man bu so‘zni manosini to‘la anglamagan edim bilardim ajralib ketishini, lekin qaytib nikox o‘qish mumkin emasligini bilmasdim. Iltimos yordam beringlar man oilamni yo‘qotishni xoxlamagandim, o‘zimni tilimni boshqara olmasdan aytdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar er xotiniga: «Seni shiddatli», «qattiq», «eng katta», «eng uzun», «eng keng taloq qo‘ydim» desa, yoki «tog‘dek», «mingdek taloq qo‘ydim» kabi lafzlarni aytsa, uning niyati so‘raladi. Agar «Uch taloqni niyat qilgan edim», desa, uch taloq tushadi. Ikki taloq yoki bir taloqni niyat qilgan bo‘lsa, bir taloq tushadi. Bu holatda ikki taloq tushishi mumkin emas. Agar «yuz»,«ming», «qum taloq qo‘ydim» desa, uch taloq tushib, uchtadan ortig‘iga gunohkor bo‘ladi. “Kifoya” kitobidan.  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:06 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar