Uyda hammom bo‘lmasa

Assalomu alaykum! O‘smir yoshdaman, har 5-10 kunda bir ehtilom bo‘lib, junub bo‘lib qolaman. Uyimizda xammom yo‘q, yozning issiq kunlarida hovlining bir chetida g‘usl qilib olish muammosiz. Ammo kuz va qish mavsumlarida g‘usl qilish juda katta muammo tug‘diradi.Uyimizda issiq suv bor-u lekin havo sovuqligi uchun ko‘p hollarda kasal bo‘lishdan qo‘rqib g‘usl qila olmayman. Ko‘chadagi sauna (xammom)larga ham xar doim borishga sharoit bo‘lmaydi. Aytingchi, men shunday holatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz uchun hammoq qurish vojib amal. Bor butingizni sotib bo‘lsa ham hammom quring va g‘usl qiling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 158 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar