Ota-ona qilgan ishi va qiz bolaga Muhammadiya ismi

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Islomda ota ona birovni haqqini esa yo shunga o‘xshash yomon ishlar bilan shug‘illansa, farzandiga og‘ir dard beriladimi va kasaldan boshi chiqmay qoladimi? Ismi ham ta’sir qilishi mumkinmi? 2). Er kishi xotin bilan maslaxat ish qilsa bo‘ladimi? Bir domlani maruzasida ayolni aytganini teskarsini qil, shunda to‘g‘ri ish qilgan bo‘lasan dedi. 3). 1-2 yoshlik bolalarni mozorga olib kirsa bo‘ladimi? 4). Qiz bolaga Muhammadiya deb ism qo‘ysa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qarg‘ish tegsa nasldan naslga ham o‘taveradi. Ismni ham ta’siri bo‘ladi.عَنْ سَعِيْدِ بْنِ الْمُسَيِّبِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ جَاءَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: مَا اسْمُكَ؟ قَالَ: حَزْنٌ، قَالَ: أَنْتَ سَهْلٌ، قَالَ: لَا أُغَيِّرُ اسْمًا سَمَّانِيهِ أَبِي. قَالَ ابْنُ الْمُسَيِّبِ: فَمَا زَالَتِ الْحُزُونَةُ فِينَا بَعْدَهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ  Sa’iyd ibn Musayyibdan, u otasidan, u bobosi roziyallohu anhumdan rivoyat qilinadi:
«U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borganida:
«Isming nima?» dedilar.
«Hazn», dedi.
«Sen Sahlsan», dedilar.
«Otam menga qo‘ygan ismni o‘zgartirmayman», dedi.
Ibn Musayyib:
«Shundan keyin bizda mahzunlik doimiy bo‘lib qoldi», dedi.
Buxoriy, Ahmad va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Hazn – «qiyinchilik», sahl – «osonlik» deganidir. Sa’iyd ibn Musayyib roziyallohu anhuning bobolari Hazn ibn Abu Vahb Qurashiyning bir og‘iz xatolari bilan butun boshli bir urug‘ qiyinchilikka qolgan ekan. Shuning uchun xunuk ismlarni go‘zal ismlarga o‘zgartirishdan zinhor bosh tortmaslik kerak.
2). Bu umumiy qoida emas, balki xotini axmoqlarga atab aytilgan.
3). Ha.
4). Ha. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:38 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar