Pochtada yuk tushirish

Assalomu alaykum! Biz musulmon birodarlar chet elda o‘qiyimiz va ishlaymiz. Ishimiz asosan pochta korxonasida. Biz mashinada kelgan pochtalar har xil kattalikda bo‘ladi va har narsa bo‘ladi ichida va shu jumladan egulik narsalari xam bor va albatta go‘sht xam bo‘ladi va tabiyki cho‘chqa go‘shti xam bo‘ladi va biz shu holatta nima qilishimiz kerak? Bu go‘shtlarni goh mashinadan tushiramiz va mashinaga ortamiz shu holatta biz nima qilishimiz kerak? Anna shu cho‘chqa go‘shtixam bor va bunday maxsulotlarni qutilar ichida bo‘ladi va biz ko‘rmaymizxam. Bazida qutilari sinib qolsa shunda ko‘ramiz mana shu qutilardi yaniy pochtalardi mashinaga yuklashimiz yoki mashinaga ortishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar