Er ayolni taloqsiz butunlay tashlab ketsa

Assalomu alaykum! Man turmishdan ajrashib ketdim. 1-erim bilan ko‘p yashamadik, ular mani taloqsiz tashlab ketdi. 3 yildirki bir birimzni ko‘rmadik, ota-onam mani turmishga chiqishga oila qurishmga maslahat berdila man hozirda 1-turmishmdan taloq olmaganman. Uni faqatgina “san bilan yashamayman, uyinga ket, ajrashaman” degan gapi edi. Man 2 marotaba oila qurdim, hozirda hayotim a’lo darajada, lekin taloq bo‘lmaganligi uchun ko‘nglim negadur g‘ashlanadi. Man to‘g‘ri ish qildimmi yoki taloqsiz ham turmishga chiqishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “yashamayman uyinga ket” degan so‘zi taloqni bildiradi. Iddangiz chiqqanidan keyin boshqaga turmushga chiqqan bo‘lsangiz nikohingiz durust. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar