Kasalman deb ro‘zaga bahona topayotganlarga

Assalomu alaykum! Men savol bermoqchi emasman. Faqat bemor birodarlarimga tushuntirmoqchiman. Meni yoshim 55 da. 3 marta sariq kasali bilan og‘riganman. Oxirgisi 1987 yilda. Barcha toifasi bilan. Allohga behisob shukurlar bo‘lsin o‘sha paytda ham ro‘za tutib, yana sunnat va nafl ro‘zalarini ham tutib va doim qon oldirish sunnatini qilib yurganim uchun hozir na qonda va jigarda kasal alomatlaridan qolmagan. Tekshirtirganimda “donorga qon oldirganiz uchun yuvilib toza bo‘lib ketibdi” deyishgan. Faqat jigarda 2 sm shishish o‘sha davrdan qolgan. Shu sababli ro‘zani to‘xtatmasdan tutaveringlar. In shaa Alloh natija yaxshi bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Maa shaa Alloh. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 04:18 | Savol-javoblar | 144 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar