To‘g‘ilgan kun nishonlash

Assalomu alaykum! Men tug‘ilgan kunlar xakida saytingizda javoblarni o‘qib chiqdim. U erda “ Tug‘ilgan kunni dinga aloqasi yo‘q, tug‘ilgan kun bilan tabriklasangiz xarom ish qilgan bo‘lmaysiz va tug‘ilgan kunni g‘ayridinlarga o‘xshatib nishonlash noto‘g‘ri” deb yozilganligini o‘qidim. Alloh bizni yaratganiga behisob shukrlar bo‘lsin. Bizning tug‘ilishimz - Allohning bizga bo‘lgan Mehribonligi va Rahm-shafqatliligidir, u kunni nishonlasak qanday hato qilgan bo‘lamiz? (Albatta odob doirasida va g‘ayridinlarga o‘hshamasdan nishonlashni nazarda tutgan edim.) Tug‘ilgan kunni nishonlashning Islomdagi hukmi qanday? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aqlni ishlatib qaralsa inson bir yil umrining o‘tishi bayram qilishga emas balki aza tutishga loyiq. Parda ortida bu bir yilning ichida nima borligini ko‘rganingizda edi, o‘tgan kunlaringizga aza ochgan bo‘lardingiz. Avvalda o‘tgan ota-onalarimiz shunday qilishar edi. Odamlar o‘lganda yig‘lashni, aza tutishni o‘ylashadi. Aslida 60ga kiradigan inson 40-50ga kirsa o‘sha insonning 40-50gi o‘lgan hisoblanadi. Eng ajablanarlisi shuki odamlar tug‘ilgan kunini nega nishonlayotganini haqiqatini bilishmaydi. Kimlardir nishonlashayapti bizlar ham nishonlashimiz kerak deb taqlid qilishadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar