Iyso alayhisalomga tushirilgan dasturxon haqida
Assalomu alaykum! Bir domlaning maslasida eshitgandim: Allohning Iyso alayhisalomga tushirgan dasturxoni va kofirlarning to‘ng‘izga aylantirilgani haqida. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi: قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا أَنزِلْ عَلَيْنَا مَآئِدَةً مِّنَ السَّمَاء تَكُونُ لَنَا عِيداً لِّأَوَّلِنَا وَآخِرِنَا وَآيَةً مِّنكَ وَارْزُقْنَا وَأَنتَ خَيْرُ الرَّازِقِينَ 114. Iyso ibn Maryam: «Allohim! Robbimiz! Bizga osmondan yasatilgan dasturxon tushirginki, avvalimizgayu oxirimizga bayram va Sendan mo‘’jiza bo‘lib qolsin. Va bizni rizqlantirgin, zotan, O‘zing eng yaxshi rizqlantiruvchisan», – dedi.
Ushbu duoda Iyso alayhissalom payg‘ambarlik odobi ila o‘z Ilohi va Robbi – Alloh taologa o‘zlarining bandaliklarini, Unga hojatmand ekanliklarini bildirib, xokisorlik ila nido qilmoqdalar. U kishi Alloh taolodan osmondan dasturxon tushirishni, tushirganda ham, uni xayr-baraka va xursandchilik boisi – bayramga sabab bo‘ladigan qilib tushirishini so‘rab, duo qilmoqdalar. Shu bilan birga, bu dasturxon Alloh tomonidan mo‘’jiza bo‘lib qolishini ham so‘ramoqdalar. Mo‘’jiza sifatida tushirilgan dasturxon rizq bo‘lib qolishini ham istamoqdalar.
Alloh taolo payg‘ambari Iyso alayhissalomning bu duolarini ijobatga oldi va quyidagi javobni qildi: قَالَ اللّهُ إِنِّي مُنَزِّلُهَا عَلَيْكُمْ فَمَن يَكْفُرْ بَعْدُ مِنكُمْ فَإِنِّي أُعَذِّبُهُ عَذَابًا لاَّ أُعَذِّبُهُ أَحَدًا مِّنَ الْعَالَمِينَ 115. Alloh: «Albatta, Men uni sizlarga tushiruvchiman. Bas, keyin sizlardan kim kufr keltirsa, albatta, Men uni shunday azoblaymanki, olamlarda hech kimni unday azoblamagayman», – dedi.
Haq taolo O‘zining jaloliga – ulug‘vorligiga yarasha javob berib:
«Albatta, men uni sizlarga tushiruvchiman», – dedi.
Ulamolarimiz moida – dasturxon haqida Qur’oni Karimda boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q bo‘lishiga qaramay, xuddi shu jumlaning o‘ziga tayanib: «Dasturxon tushgan, chunki Allohning va’dasi haqdir», – deydilar.
Alloh taolo dasturxon tushirish haqidagi so‘rovni ijobat qilish bilan birga, O‘zining doimiy odatini ham esga solmoqda. U odat mo‘’jiza talab qilgan qavm mo‘’jiza kelganidan keyin ham kufr keltirsa, uni qattiq azobga duchor qilishdir. Bu azob ham bu dunyoda, ham u dunyoda bo‘ladi:
«Bas, keyin sizlardan kim kufr keltirsa, albatta, Men uni shunday azoblaymanki, olamlarda hech kimni unday azoblamagayman», – dedi». ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Ushbu oyati karimaning Ibn Kasir tafsirida bir kechada to‘ng‘izga aylanib najosat ortidan ergashganlarini keltirgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:01 | Savol-javoblar | 200 | Siyrat va tarix