Namozdagi holat

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, misol uchun namozning sunnatini uyga kelgan mehmon bilan yoki yoshi ulug‘ odam bilan yoki ilmi kuchli odam bilan yoki ustozi bilan yonma-yon turib o‘qiyotgan mahalda qiyomda turganimizda suralarni o‘qib bo‘lgach yonimizda turgan ulug‘ odamni kutmasdan rukuga ketaverish ularga nisbatan hurmatsizlikka kirib qolmaydimi? Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xuddi shu ishni “dinda g‘uluga ketish” deyiladi. Har kim bilgan surasini o‘qiydi va bilganicha namoz o‘qiydi. Yolg‘iz namoz o‘qishda oldin-keyin degan narsa yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar