Tajvid bo‘lmasa Qur’onni xatm qilib bo‘lmaydimi?
Assalomu alaykum! Mening onam bir necha yil avval o‘zlari mustaqil ravishda Qur’on o‘qishni o‘rganishni boshladilar. Ular bir necha yil maktabda ta’lim berganlari uchun arab alifbosini xam biladilar. Men ularga Qur’onni android ilovasi orqali (mp3) yuklab bergandim. Onam u erdagi o‘qiyotgan qorining qiroatidan foydalanib o‘rgandilar. Bir necha bor xatm qildilar. Lekin, yaqinda bir ayol qarindoshimiz va bir otinoyi onamga agar tajvidiz bo‘lmasa qilgan xatmingiz qabul bo‘lmaydi deyishibdi. Shu masalaga oydinlik kiritib berishngizni so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yaxshi, xursandchilik ekan. Himmatiga balli, endi tajvidni biladigan biror ustozdan ham o‘tkazib olsin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 130 | Qur’oni karim