Do‘stlarni insofga chaqiraymi yoki aloqani uzaymi

Assalomu alaykum! Men do‘stlarim bilan ba’zi katta sabablarga ko‘ra urushib qoldim. Ammo men ulardan Alloh yo‘lida uzr so‘radim. Lekin do‘stlarim Alloh yo‘lida yurishmaydi. Ularni nomozga boshlasam yo‘q hali yoshmizku deyishadi. Munofiq bo‘lishdan qo‘rqmaysizlarmi? O‘lim yosh tanlamaydiku desam yana urushib qolamiz. Meni fikrimcha Alloh meni o‘ziga itoat qilmaydiganlar bilan birga bo‘lishimni istamagani uchun meni ulardan uzoq qilyapti deb o‘yladim. Shunga maslahat bersangiz do‘stlarimga qo‘shilib ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashni davom ettiraymi yoki ular bilan aloqani uzaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni tushunchalaringiz to‘g‘ri, lekin bu kimnidir “shunday qil” deyishi bilan bo‘lib qoladigan ish emasda. Asta sekinlik bilan bo‘ladi. Siz ham noumid bo‘lmang, o‘zingiz kamolot topishga so‘ng yon atrofingizga tarqatishga harakat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan dinni insonlar qabul qilishi uchun 40 yilgacha birorta ham yolg‘on gapirmasdan siddiq maqomini oldilar. Ahdini buzmasdan sodiq degan laqabni oldilar. Qo‘llaridagi borini yo‘q demasdan eng saxiy degan laqabni oldilar. Omonatga o‘ta qattiq e’tibor berganlaridan amin degan laqabni oldilar. Nabiralikni a’lo darajada joyiga qo‘ygan edilar Abdulmuttolib ko‘rmasa turolmaydigan darajaga etdilar. Tijoratda sodiq bo‘lgandilar Xadiyja onamiz o‘zlarini bag‘ishladilar, nikohiga olishlarini taklif qildilar. Qo‘shnichilikni a’lo dajada yo‘lga qo‘ygandilar qo‘shnisi eng ashaddiy dushmani bo‘lsa ham ko‘rganda haybatlanib izzatini joyiga qo‘yadigan bo‘ldi. Silai rahmni a’lo darajada bajarganlaridan qarindosh urug‘lari Alloh qalbini ochmaganidan boshqa iymon keltirmasliklariga hech qanday sabab topolmadilar va hokazo. Bizni yaqinlarimiz ham biz tufayli hidoyat topishini xohlasak avvalo o‘sha kamolot sifatlarini o‘zimizda mujassam qilishga harakat qilishimiz kerak. U siz ish bitmaydi. Bu ummat nihoyat unumdor erga o‘xshaydi. Allohdan so‘rab mehnat qilinsa hech qachon zoe ketmaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 175 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar