Nomahram kap katta yigitning birga turishi
Assalomu alaykum! Ustozlar kuyovim va qizim Toshkentda bir xonali kvartirada turishadi. Qizim 22 yosh. Yaqindan kuyovimning 24 yoshli ukasi xam ular bilan birga yashay boshladi. Man doimo kuyovimga aytib kelaman qizimga avratini yopadigan kiyim, ochdan o‘lmaydigan taomini berib tursang va shariatga xilof ish buyurmasang bo‘ldi bundan ortig‘ini so‘ramayman deb. Ota ona aka ukasini xizmatida bo‘lgan kuyovimni boshimga ko‘taraman. Ammo bir xonali kvartirada xojatxonayu xammomlari bitta uyda yoshgina kelin kuyovning oldida nomahram kap katta yigitning birga turishi shariatga nechog‘lik to‘g‘ri kelishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Erkaklar bu borada biroz hamiyatli bo‘lishlari kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush