Xijobga kirishga tayyormasdim
Assalomu alaykum! Man 1 oy oldin xijobga kirdim. O‘zim xoxlab xich kim majburlamidi, negadir shoshib, o‘ylamay kirib ketdim. Lekin xech qanaqa duo aytmadim, qabul qildim xijobni demadim. Xijobda o‘zimi yomon xis qivoman, endi oldingide yashomasligimi endi dunyo manga qiziqmasdek boshqa millatlar yomon qaragandek o‘zimi odamlardan ajralib turgandek xis qivoman. Ora-orada yuragim g‘ash bo‘lib o‘zimi yomon xis qivoman, ishtaxam yo‘q, xayotga qiziqish yo‘q, xijobni ko‘rsam, kiysam yomon bo‘voman, echsam nima bo‘ladi? Shuni so‘ramoqchidim, lekin nomoz o‘qiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jannat inson xush ko‘rmaydigan narsalar bilan o‘rab qo‘yilgan. Alloh sizga jannatini beray desa bosh tortmang. Avratni berkitishga muvaffaq qilgani muborak bo‘lsin. Xususan qiyomatga yaqin shayton insonlarni ko‘proq do‘zaxga tushirish uchun hatto inson shaklida ham kelib vasvasa qiladi. Namozida, uyqusida, dasturxonida, hatto yotog‘ida ham insonni vasvasa qilib do‘zax tomoniga etaklaydi. Siz aytgan yomon holatlarni uyushtiradi. Oddiy misol, u shunchalik rasvo vasvasalarni qiladiki namoz o‘qiyotgan inson sajdada turganida orqa jinsiy a’zosiga puflab tahorating ketdi deb ham vasvasa qiladi. U sizni do‘zaxdan qutilib qolishingizga sabr qiladi deb o‘ylaysizmi? Bu Allohning sinovi, sabr qilsangiz Alloh rozi bo‘ladi, shayton xor bo‘ladi. Sabr qilmasangiz shayton rozi bo‘lib Alloh norozi bo‘ladi. Siz har shunday vasvasa kelganida “Allohim meni imtihon qilayapti, men sabr qilaman, shu bilan iymonim yanada ziyoda bo‘ladi. Shaytonga qul bo‘lishni xohlamayman” deyishingiz kerak. Har vasvasa ortidan qalbingizga g‘am tushadi va bu g‘amni ko‘tarsangiz u iymonni nuriga aylanib ketadi. Bu vasvasa uzoq davom etmaydi. Shu holatingizda sizdan Robbingiz rozi bo‘layotganini tasavvur qiling, shunda qolgan narsalar hech kim va hech narsa bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:36 | Savol-javoblar | 145 | Islam