Sehr (Duo)
Assalomu alaykum! Yaqinda erim moshinasini yuvayotib moshina ichidan qizil baxmal materialga tikilgan uchburchak duo topib oldi. Moshinaga mingan kimnikidir tushib qolgan bo‘lsa kerak deb o‘yladik. Biroq duo moshina ichiga joylashtirilib qo‘yilgan, tushib qoladigan joydan topilmadi. Qaynanam duoni ichini ochib qaramay suvga oqizib yubordi. Yana shunga o‘xshash bir necha yil oldin uzatilgan qaynsinglim olamdan o‘tib qolgandi. Maytni chiqarib ketgandan keyin uyimiz oldidagi terakning ikkita barglari orasiga yashirilgan qizil duxobaga tikilgan uchburchak duoni topib olgandik. Erimning tog‘asi bu duoni ochib o‘choqqa yoqib yuborgandi. Kimdir bu ishlarni qastdan qilgan bo‘lishi mumkinmi, suvga oqizib yuborganimiz to‘g‘ri bo‘lganmi, yoqib yuborganimizchi. Qanday yo‘l tutishimiz kerak edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo musulmonlarni O‘z panohiga olishi uchun xossatan ikki surani nozil qildi. Hadislarda esa sehrdan panoh so‘rashni ta’limi berilgan. Shularga amal qilgan musulmonga sehr hech qanday zarar qilmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:38 | Savol-javoblar | 170 | Duolar