Erdan beruxsat buyum sotish
Assalomu alaykum! Oilaviy 5 maxal namozni kanda qilmay o‘qiymiz. Allohga shukur, erim xam ibodatli yaxshi xulqli, topish tutishi yaxshi inson. Men farzandim bilan uyda o‘tiraman. Ammo erimga ayollarga xar oyda ma’lum miqdorda nafaqa berib turish kerak desam xech ko‘nmaydi. Eyman degan narsani, kiyaman degan narsani aytsang olib beraman, yana nega pul kerak uyda o‘tirsang deb. Axir ayollar xam o‘zi uchun shaxsiy mayda xaridlar qilishi, (farzandiga do‘kondan shirinlikmi masalan), sadaka qilishni xoxlaydiku. Xullas, shuning uchun menga pul zarur bo‘lsa o‘zimga xadya qilingan (erim, otaonam, qaynanam) tilla buyumlarni erimga bildirmay sotsam, gunoxkor bo‘lmaymanmi? Shaxsiy buyumlarimni sotishdan erimni xabardor qilmasam bo‘ladimi? Chunki ruxsat bermaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ruxsat bermasa, sotmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ruxsat bermasa, sotmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush