Eshon bobolar murid ovlashi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men Surxandaryo viloyatidanman sizning voxamizga Samarqand viloyatidan Eshon bobolaringman deb(biz ularning murudi ekanmiz) qisqasi kelganida xamma sovg‘a salom berish kerak ekan. Kimdur qo‘y, yana kimdur Eshon bobo nima desa beradi. Shunaqa narsa dinimizda bormi? Yo‘q bo‘lsa umumiy javob bersangizlar Surxandaryodagilar shuni bilib qo‘yshsin. Javobingiz uchun katta rahmat Aziz ustozlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday narsa dinimizda yo‘q. Ixtiyori bilan berilmasa, joiz emas. Ko‘pchilik haqiqiy ruhiy tarbiya ustozlari bersa ham xizmatlarimga evaz bo‘lib qolmasin deb olishmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:30 | Savol-javoblar | 130 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar