Vijdonim qiynaldi

Assalomu alaykum! Men sovg‘aga sotib olgan kiyimim to‘g‘ri kelmagani uchun matoni kesmay peredelka qildik va ertasiga baribir to‘g‘ri kelmagani uchun qaytarib olib bordim va sotuvchi pulimni qaytarib berdi. Unga 1-2yil bo‘ldi. Xozir shukur namoz o‘qiyman. Xato qilib qo‘ymaslikka xarakat qilaman. Yaqinda o‘sha qilgan ishim xayolimga kelib endi xech tinchlik bermayapti. Tavba qildim yoki borib bo‘lgan voqeani sotuvchiga aytib roziligini olaymi? Iltimos yo‘l ko‘rsating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kiyimga nuqson etgan bo‘lsa va sotuvchiga buni aytmagan bo‘lsangiz, uni topib roziligini oling. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar