Kelinni ko‘nglini og‘ritish
Assalomu alaykum! (Bir yaqin kishimning iltimosli savoli). Ko‘ngil og‘ritish masalasida so‘ramoqchiman. Onamla xadis va xayot kitobida ko‘ngil og‘ritish kechirilmas gunoh, qachon ko‘ngli og‘rigan odam kechirsagina kechiriladi deb o‘qiptila. Bir savol qiynayapti. Akamni ayoli yani kelinimiz bor. Onamla xammaga qiz qilib olganman deydilar. Meni erim chet eldaligi sabab deyarli qizlik uyimda yashayman. Qizlik uyimda onamla meni juda ko‘p erkalaydilar, 1ta idishga ovqat solinsa yaxshi narsalarini terib menga erkalab beradilar, lekin kelinimizga ol xam demaydilar, uyimdagi muhitim sabab faqat meni xaq deb biladila erimni xam yoqtirmaydilar. Lekin akam kelinimizni so‘ksa onam kelinda ayb o‘g‘lim yomonmas deb ishonmaydilar. Menga narsa obersala kelinimizdan yashirib oberadila bilmasin deb. Kelinimizga doim “mani bilmasang ko‘r bo‘lasan” deb urushaveradilar. Kelin qizlik uyiga borsa nabirangizni sog‘ingansiz deb tel qilsa uyatsiz ichimni kuysin deb atayni qilyapsan deb so‘kadilar. Kelinimiz indamaydi lekin xafa bo‘lganini yuzidan bildiradi. Kupincha gapirmay xam qo‘yadi. Salomlashadi ishlarini xop deb qiladi lekin mulozamat qilmaydi. Kelinimizni oldida meni qizim mexribon, yoqimli, chiroyli, sabrli, go‘zal deb juda ko‘p meni maqtayveradilar. Bazan fikrini xam eshitmay so‘kib beradilar. “Seni yomon bo‘lsin demayman ursam xam xaqqim bor seni” deydilar kelinimizga. Savolim shu xolatda kelinimizning ko‘ngli og‘rishi mumkinmi? Ya’ni ko‘ngli og‘risa onamdan norizo bo‘lib qolsa onam gunoxkor bo‘lib qolmaydilarmi? Kelinimiz ko‘nglim og‘ridi demaydi lekin indamay uyiga kirib yig‘laydi xalos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaynonani kelinga zarracha ham haqqi yo‘q. Shariatimiz bo‘yicha kelin eridan qaynona qaynotasidan alohida yashashni xohlasa bu kelinning haqqi deb belgilangan. Onangizni kelinga qilgan har bir so‘zi va qiliqlari zulm va harom amaldir. Obro‘sini to‘kish harom, yuzini burishtirib qarashi harom. Endi tasavvur qilavering onangiz kunini nima bilan o‘tkazayotganini. Kelin indamasada onangiz qiyomatdan muqarrar jazosini oladi. Onangiz kelinni ko‘nglida g‘ubori qolmaguncha kechirim so‘rashi va rozi qilishi shart. Onangizni rozi qilish o‘g‘ilni vazifasi, kelinni emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush