Ayolning maoshi

Assalomu alaykum! Ayolining maoshiga ko‘z tikib o‘tiradigan va o‘sha maoshga o‘z rejalarini tuzadigan erlar hukmi qanday? Ayol ishlab topgan pulidan o‘zi uchun qancha ishlatishi mumkin? Yoki hammasini eriga berishi kerakmi? O‘sha pulni hammasini berasan deb eri urushishi mumkinmi? Ayol farzandlari, ota-onasi uchun o‘z pulidan ishlatsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolni topganini hammasi ayolning shaxsiy mulki. Xohlasin eriga bersin xohlasin bermasdan o‘zi ishlatsin. Unda erni bir tiyinlik ham haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar