Men namozda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yib qo‘yayapman
Assalomu alaykum! 1. 3 yoki 4 rakatli namozning 2 rakatidan keyin Allohumma solli ni bir nechta so‘zni aytib qo‘yibman. Men namozimdan so‘ng sajdai sahu qilishim kerakmi? 2. Men namozda adashgan paytim sajdai sahu qilaman deb 4 rakatda attahiyotdan so‘ng Allohumma solli ala ni oxirigacha o‘qib bo‘lib yoki Robbana atina duosini ham aytib qo‘yib Ikki tarafga salom berishdan oldin yodimga kelib qolsa o‘sha paytda sajdai sahu qilamanmi yoki salom berib bo‘lib namozni qayta o‘qishim kerakmi? 3. Masalan biron bir 4 rakatli yoki 3 rakatli namozda 2 rakatdan so‘ng Allohumma Solli Ala ni o‘qiyotib yarmiga kelganda adashganimni bilib qolsam o‘sha joyni o‘zida Allohu akbar deb 3 rakatga turamanmi yoki Allohumma solli Ala ni tugatib so‘ng 3 rakatga turamanmi 4. Maxfiy o‘qiladigan namozda bilmasdan ovozimni chiqarib yubordim. (masalan 3 rakatga turib ovozimni chiqarib o‘qib yubordim va esimga tushishi bilan ichimda o‘qishni boshladim). Bunda ham sajdai sahu qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha.2). O‘sha payt sajdai sahv qilasiz.3). O‘sha joydan turasiz. 4). Yolg‘iz o‘qigan bo‘lsangiz sajdai sahv qilishingiz shart emas. jahriy o‘qish jamoattga tegishli. yolg‘iz namoz o‘quvchi qanda yo‘qisa ham ixtiyori. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar