Qo‘l zinosi haqida

Olamlarga rahmat qilib yuborilgan Muhammad s.a.w merosxo‘rlari bo‘lmish siz ilm ahliga savolim. beodoblik bo‘lsa uzr so‘rayman ustoz!! qo‘l zinosi xarom ekanligi, yigitlar undan saqlanishli kerak ekanligi, shaytoni vasvasasidan holi bo‘lish uchun vaqtni kerakli ishlar bilan band qilish, va ro‘zador bo‘lib bu ishdan saqlanish kerakligini, Olloh bildirgani uchun bilaman. Ammo bu haqida oyat hadisdan hujat bilmayman. Do‘stlarmni bu haromdan saqlanish kerakligini uqtira olmayapman. Ular menga ba’zi g‘arb meditsinasi buni maqullaganini ro‘kach qilishadi. Iltimos ustoz oyat hadislarda yoki biron darsligingizda ma’lumot bo‘lsa men do‘stlarimga ko‘rsatar edim!!!! Olloh rozi bo‘lsin umringizni uzoq qilsin!!!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ish haromligiga barcha ulamolar ittifoq qilganlar. Alloh taolo Qur’oni Karim xotini va cho‘risi bilan shahvat qondirishga ruxsat bergan, xolos. Undan boshqa shahvat qondirishning barcha turlari, jumaladan siz aytgan ish ham haromdir. Menimcha g‘arb tibbiyoti ham bunga ruxsat bermagan. Bu sog‘liqqa juda ham zararli ekanini tabiblar ta’kidlaganlar. Agar ular g‘arb tibbiyotning bandalari bo‘lsalar, oxiratda o‘sha tibbiyot ularni hisob kitob qiladigan bo‘lsa, o‘sha tibbiyotning aytganini qilaversinlar. Ammo Alloh taoloning bandalari, oxiratdan umidi borlar buni qilmaydilar.

27 Aprel 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 278 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar