Qadr kechasi haqida hadis

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr kechasi kunini ommaga ma’lum qilmoqchi bo‘lganlarida ikki sahobiy tortishib turganiga duch keladilar va qadr kechasi sanasini unutib qo‘yadilar. Aytingchi shu mazmunda hadis mavjudmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ جَعْفَرٍ، عَنْ حُمَيْدٍ، عَنْ أَنَسٍ قَالَ: أَخْبَرَنِي عُبَادَةُ بْنُ الصَّامِتِ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ  صلي الله عليه وسلم خَرَجَ يُخْبِرُ بِلَيْلَةِ الْقَدْرِ، فَتَلَاحَى رَجُلَانِ مِنَ الْمُسْلِمِينَ فَقَالَ: «إِنِّي خَرَجْتُ لِأُخْبِرَكُمْ بِلَيْلَةِ الْقَدْرِ، وَإِنَّهُ تَلَاحَى فُلَانٌ وَفُلَانٌ فَرُفِعَتْ، وَعَسَى أَنْ يَكُونَ خَيْرًا لَكُمُ، الْتَمِسُوهَا فِي السَّبْعِ وَالتِّسْعِ وَالْخَمْسِ». طرفاه: 2023، 6049 - تحفة: 5071 Uboda ibn Somit roziyallohu anhu xabar qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qadr kechasi haqida xabar berish uchun chiqqan edilar, musulmonlardan ikki kishi tortishib ketdi. Shunda u zot: «Men sizlarga Qadr kechasi haqida xabar berish uchun chiqqan edim. Falonchi bilan falonchi tortishib ketdi, shu bois (yodimdan) ko‘tartirildi. Ajab emaski, bu sizlar uchun yaxshilik bo‘lsa. Uni etti, to‘qqiz va beshda izlanglar», dedilar».(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 161 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar