Mazhab farqlari

Assalomu alaykum! Men musofir yurtdaman masjidda namoz o‘qiganda ba’zi farqlar bor, shular haqida so‘ramoqchiydim.
1-Rossiyada Asr namozi vaqti Hanafiy mazhabida ko‘rsatilgan vaqtdan oldin o‘qiladi. Men ataylab kechroq hanafiy vaqti kirganda borib o‘qiyman. To‘g‘ri qilyapmanmi?
2-Bu erda jamoa namozi azon aytilgandan keyin darrov o‘qiladi. O‘zbekistonda jamoa namozi vaqti ko‘rsatiladi. Bu namoz vaqti kirgandan ozgina kechroq. Menimcha buni ko‘prok jamoa to‘plansin deb qilinadi. Rossiyada esa ba’zan kechroq qolsak kechikkanlar aloxida jamoa bo‘lib o‘qishadi. Bu juda ko‘p bo‘ladi. Bu to‘g‘rimi? Asr namozi uchun xam hanafiy mazxabidagilar kechroq boshqa jamoa bo‘lib o‘qishadi qo‘shilaman. To‘g‘ri qilyapmanmi? Rahmatli shayx Hazratlarining «ikkinchi jamoa» to‘g‘risida yozganlarini o‘qib ikkilanib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Jamoatga qo‘shilib o‘qiyvering. Fuqaholar hajga borgan kishilarga hanbaliy mazhabiga binoan soya bir misl bo‘lganida, ya’ni sizni holatingizdagidek ertaroq asr o‘qiganida jamoatga qo‘shilib o‘qishlariga fatvo berganlar. Bu hanafiylardan imom Abu Yusuf va Muhammadlarning fatvosi hamdir. Bunday holatda peshinni ularning asr o‘qiydigan vaqtigacha kechiktirmaslikka harakat qilish kerak. 2). Ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar