Ichuvchi do‘stlar
Assalomu alaykum! 1). Hurmatli ustozlar, o‘rtog‘larim bilan choyxonada osh qilib o‘tiramiz. Men ichmayman, lekin do‘stlarim ichadi. Agar ular bilan o‘tirsam menga ham gunoh yoziladimi?
2). Odam o‘lgandan keyin ruhi oldin yashab o‘tgan uyga kelib kuzatib turadimi?
3). Men mobil kompaniyadan qarz olgandim bilsam ribo ekan. Men qarzni bersam bo‘ladimi? Gunohkor bo‘lib qoldimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Inson gunoh qilinayotgan joydan qochishi kerak. Agar u erga Allohning balosi yog‘ilsa, o‘shalar qatorida ketadi. Shuningdek ular bilan birga o‘tirishda insonni ular va gunohga bo‘ladigan nafrati asta sekin yo‘qolib boradi. Bu esa gunohga rozi bo‘lish hisoblanadi. Gunohga rozi bo‘lishning o‘zi ham gunohdir. 2). Bunday e’tiqodda bo‘lish Islomdan emas. “Kim mashoyixlar arvohi hozirdirlar, bilib turadilar”, desa kofir bo‘ladi”, deyilgan. (Fatavoi Bazzoziya). 3). Riboga qarz olish qattiq harom qilingan ish hisoblanadi. Uning oz yoki ko‘pligining hech qanday farqi yo‘q. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi : يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَذَرُواْ مَا بَقِيَ مِنَ الرِّبَا إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ 278. Ey iymon keltirganlar! Agar mo‘min bo‘lsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tashlang. Ushbu oyatdan ko‘rinib turibdiki, Alloh taolo ribodek noxush, harom narsani yo‘q qilishda, boshqa holatlarga o‘xshab, avvalo, musulmonlarning ruhiy-ma’naviy tarbiyasiga alohida e’tibor bergan. Yana musulmonlar uchun mahbub bo‘lgan «Ey iymon keltirganlar!» degan xitob ishlatilmoqda. Ketidan: «Agar mo‘min bo‘lsangiz», – deb yana iymonni oraga solmoqda va nihoyat «Allohga taqvo qiling», – deb taqvodor bo‘lishga chaqirmoqda. Oxiri kelib, riboning sarqitini ham tark qilishga amr etmoqda. Islomda hukm yuritishning eng ta’sirchan yo‘li tashqi kuchlarni ishga solish emas, balki har bir odamning qalbini o‘ziga kuzatuvchi qilib qo‘yishdir. Xudosiz tuzumlar mirshab, josus va askarlarni ko‘paytirish bilan hukm yuritishga urinsalar, Islomda kishilarning qalblaridagi taqvodorlik his-tuyg‘usini kuchaytirishga harakat qilinadi. Har bir kishining vijdoni o‘ziga qorovul bo‘ladi. Alloh taolo ushbu oyati karimada musulmonlarni riboning o‘zi u yoqda tursin, sarqitidan, qoldig‘idan ham qaytarmoqda. Bu ma’noni alohida ta’kidlash uchun keyingi oyatda gapning po‘stkallasini ochiq-oydin aytib qo‘ymoqda. فَإِن لَّمْ تَفْعَلُواْ فَأْذَنُواْ بِحَرْبٍ مِّنَ اللّهِ وَرَسُولِهِ وَإِن تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُؤُوسُ أَمْوَالِكُمْ لاَ تَظْلِمُونَ وَلاَ تُظْلَمُونَ 279. Agar unday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo‘ladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o‘zingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas. Ya’ni «Agar iqtisodiy muomalalaringizda o‘rtadan riboni ko‘tarib, uning sarqitlarini tark etmasangiz, Alloh va Uning Payg‘ambari sizga qarshi qattiq urush ochadi. Agar tavba qilib, riboxo‘rlikdan qaytsangiz, sarmoyangizni olasiz. Shunda siz sudxo‘rlik bilan birovga zulm qilmagan bo‘lasiz va sizga ham zulm qilinmagan bo‘ladi. Ibn Hibbon va boshqa hadis olimlari Zayd ibn Aslamdan rivoyat qilishlaricha, johiliyat davrida Banu Saqif va Banu Mug‘iyra qabilalari o‘rtasida ribo asosida muomala bo‘lgan ekan. Islomga kirganlaridan so‘ng Banu Saqif qabilasi Banu Mug‘iyradan ribo olmasliklarini iltimos qilibdi. Banu Mug‘iyra o‘zaro maslahatlashib, «Islomda bo‘lganimizdagi muomalalardan ribo olmaymiz, undan avvalgisidan olamiz», – deyishibdi. O‘sha paytda Makkai Mukarramada boshliq bo‘lib turgan Itbon ibn Usayd roziyallohu anhu bu haqda Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalomga xat yozganlarida: «Ey iymon keltirganlar! Agar mo‘min bo‘lsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling. Agar unday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo‘ladigan urushga ishonavering...» oyatlari nozil bo‘ldi. Payg‘ambar alayhissolatu vassalom bu haqida Itob ibn Usayd roziyallohu anhuga xabar berdilar va u kishini agar Banu Mug‘iyra riboxo‘rlikni tark qilmasalar, ularga qarshi urush qilishga buyurdilar. Xabar etganda, Banu Mug‘iyra: «Tavba qilamiz, riboning sarqitini tark etamiz», – dedilar. Payg‘ambar alayhissolatu vassalom Makkai Mukarramani fath qilgan kunlaridagi xutbalarida johiliyatdagi barcha ribolarni bekor qilganliklarini, birinchi bo‘lib amakilari Abbos ibn Abdulmuttolib roziyallohu anhuning ribolarini qarzdorlar bo‘ynidan tushirganliklarini e’lon qildilar. Demak, Islomda ribo asosida moliyaviy aloqa olib borish mutlaqo harom qilingan. Nochor holga tushib, turmush o‘tkazish yoki ish yuritish uchun sarmoyaga muhtoj bo‘lib qolgan shaxs bilan xayri-ehson yoki yaxshi qarz berish ila moliyaviy aloqa olib borish lozim. Keyingi oyatda ana o‘sha aloqalardan biri – qarzga oid hukmlarning bayoni keladi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). عَنْ جَابِرٍ رضي الله عنه قَالَ : لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ آكِلَ الرِّبَا ، وَمُؤْكِلَهُ ، وَكَاتِبَهُ ، وَشَاهِدَيْهِ ، وَقَالَ هُمْ سَوَاءٌ. رواه مسلم. (1598) Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ribo eguvchini ham, ediruvchini ham, kotiblarini ham, guvohlarini ham la’natladilar va : “Barchasi barobar” dedilar". (Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlariga sazovor bo‘lish qanchalik baxtsizlik bo‘ladi? Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 186 | Dolzarb savollar