Ibodatda sustkashlik

Assalamu alaykum! Alhamdulillah Qur’oni karimni yodlab hatm qilganman. Bunga 3-4 yil bo‘ldi, keyin esa yana takror qildim. Bu ramazondan keyin boshqa ilm o‘rganishni boshladim. Lekin nimagadir endi Qur’onni ko‘p o‘qiy olmayapman, endi o‘tirib o‘qiyman deb boshlasam 1 pora ham o‘qimasdan toqatim tugab qolyapti. Masjidga ham ko‘p bora olmayapman, boshqa ibodatlarda ham sustkash bo‘lib qolyapman. O‘zimni majburlab tahajjud o‘qisam ham yurakdan chiqmayotkanga o‘xshaydi. Men nima qilsam qalbim hotirjam bo‘kib rohatlanib Qur’on o‘qiyman, namoz va boshqa ibodatlardan ham rohat olaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sahobalarda shu holat bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga chopishar edi. Siz ham sunnatni mahkam ushlagan biror kishining huzuriga tez-tez borib turing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:15 | Savol-javoblar | 181 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar