Kredit karta keshbek(cashback)
Assalomu alaykum! Kredit karta haqida avvallari savol berilgan ekan. Mening savolim biroz boshqacharoq. Men hozir chet mamlakatda taxsil olaman. Bu erda kredit kartalar juda rivojlangan. Ba’zilari keshbek (cashback) ya’ni malum bir narsa ma’lum miqdorda pul sarflansa, 2-5% foiz pulni o‘zimizga hadya qilib qaytarib beradi. Masalan benzin shaxobchasida 50 tangaga benzin quysam, 2.5 tanga meni hisobimga qayti tushadi va u asosiy miqdorga aralashmagan holda turadi. Savol: men bu bilan riboga aralashib qolmaymanmi? Agar ribo bo‘lsa, shu qaytgan pulni endi nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarzga pul berib keyin foizi bilan oladigan kredit karta shar’an halol emas. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom