Mahramlarni orasidagi avrat chegarasi
Assalomu alaykum! Mahramlarning bir-birlaridagi avrat chegarasini aytsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Er-xotinlarda chegara yo‘q. Ota-ona, aka-singil kabi qarindoshlardagi avrat masalasi "Kifoya" kitobida quyidagicha kelgan : Musulmon erkaklar kabi muslima ayollar ham nomahramlarga shahvat nazari bilan qaramasliklari lozimligi quyidagi oyatdan tushuniladi:وَقُل لِّلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ «Mo‘minalarga ayt: «Ko‘zlarini tiysinlar…» (Nur surasi, 31-oyat)
Agar bexosdan nazarlari tushsa, ko‘zlarini boshqa tomonga burishlari kerak. Chunki ayollarning erkaklarga davomli nazar solishlari ham o‘rtada fitna, harom ishlar, zino kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ayol kishining boshqa ayolning avratiga nazar solishi ham man etiladi. Ayolning ayolga nisbatan avrati kindigidan tizzasigachadir.
Ayol kishi ayol kishining tizzalari va kindigi orasidagi joyidan boshqa eriga nazar solsa bo‘ladi. Ayollarning o‘zaro nazarlaridan shahvat qo‘zishi xavfi bo‘lmagani uchun bunga ruxsat berilgan.عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، عَنْ أَبِيهِ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَا يَنْظُرُ الرَّجُلُ إِلَى عَوْرَةِ الرَّجُلِ، وَلَا الْمَرْأَةُ إِلَى عَوْرَةِ الْمَرْأَةِ رَوَاهُ مُسْلِمٌ Abdurrahmon ibn Abu Sa’id Xudriydan, u otasidan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Erkak kishi erkak kishining avratiga nazar solmaydi, ayol kishi ayol kishining avratiga nazar solmaydi», dedilar».
Muslim rivoyat qilgan.
Ayol kishi erkak kishining avrati chegarasidan boshqa eriga qarashiga ruxsat shahvatdan saqlangan bo‘lishi sharti bilan berilgan.
Erkak kishi o‘ziga mahram bo‘lgan ayollarning tanasining orqa va qorin tarafi hamda sonidan boshqa joyiga nazar solishi mumkin.
«Mahram ayollar» deganda tug‘ish, emish va qudachilik tufayli erkakka nikohi harom bo‘lgan ayollar tushuniladi.
Alloh taolo Nur surasida: وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ آبَائِهِنَّ أَوْ آبَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَائِهِنَّ أَوْ أَبْنَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي أَخَوَاتِهِنَّ أَوْ نِسَائِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ أَوِ التَّابِعِينَ غَيْرِ أُوْلِي الْإِرْبَةِ مِنَ الرِّجَالِ أَوِ الطِّفْلِ الَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا عَلَى عَوْرَاتِ النِّسَاء «Ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, zohir bo‘lgani mustasno. Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar. Erlaridan, yo otalaridan, yo erlarining otalaridan, yo o‘g‘illaridan, yo erlarining o‘g‘illaridan, yo aka-ukalaridan, yo aka-ukalarining o‘g‘illaridan, yo opa-singillarining o‘g‘illaridan, yo ayollaridan, yo o‘z qo‘llarida mulk bo‘lganlardan, yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilardan, yo ayollar avratining farqiga bormaydigan yosh bolalardan boshqalarga ziynatlarini ko‘rsatmasinlar», degan (31-oyat).
Mo‘mina ayol qasddan yoki beparvolik bilan ziynatlarini, ya’ni ziynat hisoblanadigan a’zolarini ko‘rsatib yurishi mutlaqo mumkin emas.
Lekin quyidagilarga ko‘rsatsalar, mayli:
1. «Erlari...»
Muslima ayolning ziynatlarini ko‘rishga eng haqli odam uning eridir. Shuningdek, er ayol tanasining hamma joyini ko‘rishga haqlidir.
2. «...yo otalari...»
Mo‘mina-muslima ayolga uning otasi eng bosh mahram bo‘ladi. Shuning uchun unga ziynatini ko‘rsatishi halol. Ota va undan keyin zikr qilinadigan mahramlari uchun ayolning nikohi haromdir, ular unga uylanishni, umuman, shahvat bilan qarashni xayollariga ham keltirmaydilar. Shuning uchun mo‘mina ayol ushbu mahramlarga ziynatini ko‘rsatsa bo‘ladi. Yuzini, qo‘lini, oyog‘ini va uy ichida ochib yurishga majbur bo‘ladigan ba’zi a’zolarini, jumladan, xamir qilayotganda bilagini, uy supurayotganda boldirini ko‘rsatsalar, gunohi yo‘q. Ehtiyoj yuzasidan ruxsat berilgan.
«Otalari» deyilganda katta ota, bobo va bobolarining otalari ham ko‘zda tutiladi.
3. «...erlarining otalari...»
Ya’ni qaynotalari. Bunga qaynotaning otalari va katta qaynotalarning otalari ham kiradi. Ular ham ota o‘rnidadir. Ular ham kelinlariga mahram, o‘rtadagi munosabatda uylanish yoki shahvat nazari degan narsalar bo‘lishi mumkin emas.
4. «...o‘g‘illari...»
Bunga ayolning o‘z o‘g‘illari, o‘g‘illaridan va qizlaridan bo‘lgan o‘g‘il nabira, evara va chevaralar kiradi. Bularning hammasi ham ayol kishi uchun mahram, ular orasida oila qurish yoki shahvat bilan qarash umuman mumkin bo‘lmagan ish, shuning uchun ham muslima ayolga ularga ziynatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgan.
5. «...erlarining o‘g‘illari...»
Ya’ni erlarining boshqa xotinidan bo‘lgan o‘g‘illari. Bular ham mo‘mina-muslima ayol uchun mahram sanaladi. Oralarida nikoh bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. Chunki o‘rtada ona-bolalik aloqasi bor. Shuning uchun zebu ziynat va chiroy o‘rtada shahvatni uyg‘otmaydi.
6. «...aka-ukalari...»
Bunda tug‘ishgan aka-ukalar, ota bir aka-ukalar va ona bir aka-ukalar hammasi barobardirlar. Ularning barchasi mahram hisoblanadilar, opa-singillarining ziynatlarini ko‘rsalar bo‘ladi.
7. «...aka-ukalarining o‘g‘illari...»
Bunda ham tug‘ishgan, ota bir va ona bir aka-ukalarning o‘g‘illari ko‘zda tutilgan. Ayol aka-ukalarning farzandlariga amma bo‘ladi. O‘rtada mahramlik bor, uylanish yoki shahvat bilan qarash umuman bo‘lishi mumkin emas. Boshqa mahramlar qatori, bularning ham hayot taqozosi ila doimo bir-birlari bilan ko‘rishib, aralashib turishga ehtiyojlari bor. Shuning uchun ham jiyanlarga ammalarining ziynatlariga qarashlariga ruxsat berilgan.
8. «...opa-singillarining o‘g‘illari...»
Bu holatda ham tug‘ishgan, ota bir yoki ona bir opa-singillarining o‘g‘illari ko‘zda tutilgan. Ayol ular uchun xola bo‘ladi. O‘rtada mahramlik bor. Shuning uchun mo‘mina ayol ziynatlarini ularga ko‘rsatsa bo‘ladi.
Ammo mo‘mina-muslima ayolning erkak mahramlari bu bilan tugamaydi. Oyatda zikri kelmagan mahramlar ham bor. Misol uchun, amakilar, tog‘alar va kuyovlar. Shuningdek, emikdoshlik orqali mahram bo‘lganlar bor. Ular haqida oyati karimada biror narsa deyilmagan bo‘lsa ham, hadislarda kelgan hukmlardan qiyos qilib, mo‘mina-muslima ayol ularga ziynatini ko‘rsatsa, gunoh yo‘q, deb fatvo berilgan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Oisha onamiz roziyallohu anhoga emikdoshlik orqali amakisi va tog‘asi bo‘lgan erkaklardan qochib, hijob olishga ruxsat bermaganlar. Shunday ekan, nasab orqali bo‘lgan amaki va tog‘alarga, albatta, ziynatini ko‘rsatishga ruxsat bor.عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْها جَاءَ أَفْلَحُ أَخُو أَبِي الْقُعَيْسِ يَسْتَأْذِنُ عَلَيْهَا بَعْدَ الْحِجَابِ، وَكَانَ أَبُو الْقُعَيْسِ أَبَا عَائِشَةَ مِنَ الرَّضَاعَةِ، قَالَتْ عَائِشَةُ فَقُلْتُ وَاللهِ لَا آذَنُ لِأَفْلَحَ حَتَّى أَسْتَأْذِنَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَإِنَّ أَبَا الْقُعَيْسِ لَيْسَ هُوَ الَّذِي أَرْضَعَنِي، وَلَكِنْ أَرْضَعَتْنِي امْرَأَتُهُ، فَلَمَّا دَخَلَ عَلَيَّ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللهِ، إنَّ أَفْلَحَ أَخَا أَبِي الْقُعَيْسِ جَاءَ يَسْتَأْذِنُ عَلَيَّ، فَكَرِهْتُ أَنْ آذَنَ حَتَّى أَسْتَأْذِنَكَ، قَالَتْ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ائْذَنِي لَهُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Abul Qu’aysning ukasi Aflah hijob(oyati)dan keyin kelib, u kishining huzurlariga kirishga izn so‘ragan. Abul Qu’ays Oishaga emikdoshlik orqali ota edi.
Oisha aytadi:
«Allohga qasamki, Rasululloh collallohu alayhi vasallamdan izn so‘ramagunimcha Aflahga ruxsat bermayman. Meni Abul Qu’ays emas, uning xotini emizgan», dedim.
Rasululloh collallohu alayhi vasallam kelganlarida:
«Ey Allohning Rasuli, Abul Qu’aysning ukasi Aflah huzurimga kirishga ruxsat so‘radi. Sizdan izn olmasdan unga ruxsat berishni istamadim», dedim. U zot collallohu alayhi vasallam:
«Unga izn ber», dedilar». Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar