Namozdagi adashish

Assalomu alaykum! Bir kishi Xufton namozining farzini o‘qiyotganida rukuda 2 yoki 3 marta subhana Robbiyal a’la deb yuborsa keyin 2 sajda orasida sunnatga muvofiq Robbig‘firliy Robbig‘firliy deyishni o‘rniga Allohu Akbar deb yuborsa Namoz buzilgan bo‘ladimi? Lekin o‘sha adashgan zahoti o‘sha zikrlar to‘g‘irlab ketilgan. 2. Sunnat namozida ham 1 marta rukuda Subhana Robbiyal a’la deb yuborilan bo‘lsachi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:55 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar