Ro‘zadorning istinjosi

Assalomu alaykum! Istinjoda orqa a’zo mubolag‘a darajada bo‘shashtirib yuviladi. Ro‘zador odam orqa a’zosini mubolag‘a qilmay yuvar ekan, bu holatda najosat to‘liq ketmay qolmaydi-mi? Ro‘zador bunday qilib yuvishiga sabab, ichaklariga suv ketib qolmasligini oldini olish ekan. Hozirgi kundagi yumshoq, suvni o‘ziga shimib oladigan, suvni namini ham qoldirmaydigan qog‘ozlar bor. A’zosini yuvgandan keyin darrov quritib artib olsa, ro‘zador ham mubolag‘a darajada bo‘shashtirib yuvsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quruq qog‘oz bilan yaxshilab tozalab olib keyin yuvsa mubolag‘a qilishga hojat qolmaydi. Aslida bunchalik mubolag‘a qilishga ham hojat yo‘q. Siz bilan bizdan ko‘ra Allohning nazdida muqarrab bo‘lgan sahobai kiromlar kesak va tosh bilan tozalanib, yuvmay ham qo‘yishavergan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 146 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar